Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Ukrainaga zarba berishda foydalanayotgan Eron kamikadze dronlari Yevropa qismlaridan ishlab chiqarilgan. Bu haqda Ukraina rasmiylari hisobotiga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Hisobotga ko‘ra, Shahed-131 va Shahed-136 dronlarida G‘arb kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 50 dan ortiq komponent mavjud. Taxminlarga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar orasida AQSH, Germaniya, Kanada va Polsha kompaniyalari bor. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi urushni qoralab, Rossiya bilan bevosita hamkorlikni to‘xtatgan. Biroq ba’zi ehtiyot qismlarni chakana sotuvchilardan erkin xarid qilish mumkin.

Ta’kidlanishicha, Eronga ehtiyot qismlar importining katta qismi Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Vyetnam va Kosta-Rikadan keladi. Hujjatda, shuningdek, Eron dronlarini ishlab chiqarish bosqichma-bosqich Rossiyaga o‘tayotgani qayd etilgan. Garchi Tehron hali ham dronlar uchun butlovchi qismlarni yetkazib beradi.

“Bunga qarshi chora sifatida Ukraina ittifoqchilariga ushbu dronlar yig‘iladigan zavodlarga — Eron, Suriya va Rossiyadagi potensial yig‘ish obyektlariga raketa hujumlarini ko‘rib chiqishni taklif qilgan”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »