Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

25-sentabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatiga uchuvchisiz uchoqlar, shuningdek, “Kalibr” va “Oniks” raketalari bilan hujum qildi. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligiga ko‘ra, dronlar Krasnodar o‘lkasining Primorsko-Axtarsk shahridan, “Kalibr”lar esa Qora dengizdagi kichikroq raketa kemasidan va suvosti kemasidan, “Oniks”lar Sevastopol hududidan uchirilgan.

Jami 19 ta dron, 12 ta “Kalibr” qanotli raketalari va ikkita “Oniks” raketasi uchib kelgan. Dronlarning barchasi va 11 ta “Kalibr” urib tushirilgan.

Qolgan raketalar port infratuzilmasiga zarar yetkazdi. Jumladan Odessadagi dengiz stansiyasi katta zarar ko‘rdi, don omborlari vayron bo‘ldi. Xizmat ko‘rsatmaydigan “Odessa” mehmonxonasi yonib ketdi. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

“Odessa” mehmonxonasi
Foto: Telegram

Urib tushirilgan raketa va dron qoldiqlar Odessa chekkasidagi ombor va xususiy uyga zarar yetkazdi.

Foto: Telegram

Iyul oyida Rossiya Qora dengizdagi portlardan don eksport qilish bo‘yicha bitimdan chiqqanidan rus qo‘shinlari Odessa viloyatiga deyarli har kuni uchuvchisiz uchoqlar va raketa hujumlarini uyushtirmoqda. Hujumlarning nishoni port infratuzilmasi obyektlari hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »