Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hukumati narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash uchun Tojikiston hukumatiga 250 million rubldan (2,7 million dollar) ortiq mablag‘ yuboradi. Moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi band ikki davlat tegishli idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatda mustahkamlangan, deb xabar berdi “TASS” Rossiyaning Dushanbedagi elchixonasiga tayanib.

Foto: Inosmi

Hamkorlik shartnomasi Tojikiston prezidenti huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish agentligi va Rossiya Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida imzolangan. Tomonlar mablag‘ ajratishdan tashqari, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda xavfsizlik kuchlarining o‘zaro hamkorligi darajasini oshirishga kelishib olgan.

Tojikiston tomonining aniqlik kiritishicha, hujjat 2023—2025-yillarga mo‘ljallangan.

Davlatlararo shartnomani imzolash marosimida Rossiyaning Dushanbedagi elchisi Semyon Grigoryev ishtirok etgan va Tojikiston Narkotik moddalarni nazorat qilish agentligi rahbari Habibullo Vohidzoda bilan bir qator dolzarb muammolarni muhokama qilgan. Xususan, rasmiylar Afg‘onistondan taqiqlangan moddalar kontrabandasi ko‘payib borayotganidan xavotir bildirib, Tojikiston bu mamlakatdan narkotik moddalar olib kelinishining oldini olishda muhim rol o‘ynashini taʼkidlagan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida giyohvand moddalar savdosining kuchayishi muammosi haqida gapirgandi. Davlat rahbari birgina so‘nggi ikki yil ichida Tojikiston xavfsizlik kuchlari tomonidan Afg‘oniston bilan chegarada 10 tonnadan ortiq taqiqlangan moddalar va giyohvandlik vositalari musodara qilinganini taʼkidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »