Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Yevropa rasmiylari Ukraina hukumati bilan Kiyev va Moskva o‘rtasida ehtimoliy tinchlik muzokaralari o‘tkazish masalasini muhokama qila boshladi. Bu haqda NBC News munozaralar bilan tanish bo‘lgan amerikalik amaldorlarga tayanib xabar berdi.

Foto: NATO matbuot xizmati

Jurnalistlar bilan suhbatlashgan amaldagi va sobiq mulozimlarning aytishicha, muhokamalar Kiyev kelishuvga erishish uchun nimalardan voz kechishi mumkinligi haqida umumiy tafsilotlardan iborat. NBC News manbalari nozik deb ta’riflagan ushbu muhokamalarning ba’zilari oktyabr oyida Ramshteyn mudofaa aloqa guruhi yig‘ilishida bo‘lib o‘tgan.

Kiyev bilan muzokaralar AQSH va Yevropa rasmiylarining urush boshi berk ko‘chaga kirib qolgani haqidagi xavotirlari hamda Ukrainaga yordam ko‘rsatishni davom ettira olishiga shubhalari fonida o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaning aholini harbiy xizmatga chaqirishda qiynalayotganidan xavotirda. Qolaversa, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi jamoatchilik e’tiborini Yaqin Sharqdagi mojaroga qaraganda ancha kam tortgandi, rasmiylar fikricha, bu Kiyevga qo‘shimcha yordam ajratilishiga ta’sir qilishi mumkin.

NBC News manbalari G‘arb rasmiylari va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralari bo‘yicha faol muhokamalar yil oxiri yoki 2024-yil boshida boshlanishini kutmoqda. Vladimir Zelenskiyni muzokaralarni boshlashga ko‘ndirish uchun NATO Ukrainaga, hatto mamlakat alyansga rasman qo‘shilmaganda ham, ba’zi xavfsizlik kafolatlarini taklif qilishi mumkin.

Shu bilan birga, Bayden ma’muriyati Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralarga tayyor emas, deb hisoblaydi. Amerikalik rasmiylar Kiyev ittifoqchilari uni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan mahrum bo‘lganida ham urushni davom ettirishini kutmoqda.

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Adrien Uotson muzokaralar bo‘yicha har qanday qaror Ukrainaga bog‘liqligini aytdi.

“Biz Ukrainani uning  erkinligi va mustaqilligini Rossiya agressiyasidan himoya qilgan holda qattiq qo‘llab-quvvatlashda davom etishga e’tibor qaratyapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Mojaroni hal qilish bo‘yicha Rossiya — Ukraina muzokaralari 2022-yilning fevral-mart oylarida bo‘lib o‘tgan, biroq aprel oyida Rossiya ishg‘oli ostida bo‘lgan Buchada tinch aholi qirg‘in qilingani maʼlum bo‘lgach, muzokaralar muzlatib qo‘yilgandi.

Ukraina rasmiylari Rossiya bilan urushni rus qo‘shinlari barcha bosib olingan hududlardan, jumladan Qrim va Donbassdan chiqib ketganidan keyingina tugatishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan.

O‘z navbatida, Rossiya vakillari Kiyev bilan muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, ular Ukraina tomoni muhokamalardan bosh tortayotganini ta’kidlagan va Kiyevni mojaro boshida muzokaralarni to‘xtatganlikda ayblagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »