Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat nega Ukrainadagi urushni tugatishga e’tibor qaratayotganini tushuntirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu

Erdo‘g‘on Anqarada bo‘lib o‘tgan 14-Elchilar konferensiyasida tegishli mavzuda gapirdi.

“Zamonamizda Turkiya ko‘plab muhim masalalarda ishtirok etish zaruratga aylangan davlatga aylandi. Maqsadimiz muloqot va diplomatiya yo‘li bilan mamlakatimiz atrofida tinch, barqaror va farovon hududni yaratishdir”, — dedi siyosatchi.

U 17-iyul kuni Rossiya tomonidan to‘xtatilgan don bitimini uzaytirish masalasiga ham to‘xtalib, Turkiya bu borada harakatlarni davom ettirayotganini aytdi:

“Biz g‘alla tashabbusini kengroq miqyosda qayta boshlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirmoqdamiz. O‘tgan hafta Putin bilan bu masalani muhokama qildik. Ishonamanki, bu masalada umumiy maxraj topa olamiz”, — dedi u.

Shuningdek, siyosatchi Turkiyaning Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha pozitsiyasini yana bir bor ta’kidladi:

“Turkiya o’zining muvozanatli va adolatli munosabati bilan birinchi kundanoq Rossiya-Ukraina inqirozini hal qilishda muhim davlat rolini o’z zimmasiga oldi. Bu boradagi tashabbuslarimiz davom etmoqda”.

Erdo‘g‘on Yevropa davlatlarida muqaddas Qur’onni tahqirlash kuchayib borayotgani, islom olamiga qarshi fitna uyushtirishga alohida e’tibor qaratilganini aytdi.

“Turkiya asrlar davomida bo’lgani kabi islomofobiyaga qarshi kurashning bayroqdori bo’lib qolmoqda. Bizning asosiy mas’uliyatimiz Qur’onga qilingan hujumlarning oldini olish va nafrat jinoyatlari uchun javobgarlarning jazolanishini ta’minlashdir”, — dedi Prezident Erdo‘g‘an.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »