Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi. 7-noyabr kuni u TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi.

“Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston va AQSH Strategik sheriklik muloqotining uchinchi yig‘ilishi davomida hamkorligimizning keng kun tartibini muhokama qildik va ustuvor sohalar, ayniqsa, mintaqaviy iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga qaratilgan yo‘nalishlarni belgilab oldik”, — deb yozdi u o‘z sahifasida.

Avvalroq AQSH Davlat departamenti Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonda bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Delegatsiya sentyabrda BMT Bosh assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan C5+1 prezidentlik sammiti va oktyabrda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy aloqalar bo‘yicha C5+1 vazirlar yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni mustahkamlash maqsadida. Hindistonga esa AQSH—Hindiston 2+2 vazirlar muloqotini tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash uchun borishi bildirilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »