Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Tula shahriga ishlashga ketgan o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Boshqirdistondagi “Avtoplast”, Leningraddagi “Staraya derevnya” va Tuladagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlar hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi. Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.

Shuningdek, Rossiyaning Arxangelsk shahrida ishlayotgan fuqaroning ishonchsiz ish beruvchidan hujjatlari olib berildi. Tula shahrida vafot etgan fuqaroni O‘zbekistonga qaytarilishida va ish beruvchidan kompensatsiya puli undirilishida yordam ko‘rsatildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »