Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonchasida tuproq ko‘chishi oqibatida o‘zbekistonlik uch ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Foto: Sankt-Peterburg prokuraturasi matbuot xizmati

Aniqlanishicha, 27-oktyabr kuni soat taxminan 15:00 da Shafirovskiy prospektidagi krematoriy yonida ekskavator yordamida uzunligi 20 metr, chuqurligi 4 metr bo‘lgan drenaj quvurlari uchun xandaq yotqizilgan. O‘zbekistonlik uch nafar ishchi qazish ishlarini qo‘lda davom ettirgan.

Foto: Sankt-Peterburg prokuraturasi matbuot xizmati.

Shu payt xandaq devorlarining biri qulab tushgan, oqibatda ishchilarni tuproq bosgan. Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar uch kishining jasadi yer ostidan chiqarib olingan. Halok bo‘lganlarning bari O‘zbekiston fuqarolari: 33 va 43 yoshda, uchinchisining yoshi aniqlanmoqda. Krasnogvardeyskiy tumani prokuraturasi ishchilarning o‘limi yuzasidan tergov olib bormoqda.

Foto: Sankt-Peterburg prokuraturasi matbuot xizmati
“Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, xandaq devori qazish vaqtida qulagan. Tekshiruv davomida tashkilot mansabdor shaxslarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi nuqtayi nazaridan harakatlariga huquqiy baho beriladi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »