Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy 2025-yilgacha texnologik yutuqni amalga oshirish va “og‘ir” sharoitlarda foydalanish mumkin bo‘lgan odamsimon robotlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi e’lon qilgan hujjatda 2025-yilga kelib “innovatsion odamsimon robotlar tizimini yaratish hamda 2027-yilgacha robot ishlab chiqarishda yetakchilikni qo‘lga kiritish” yozilgan.

Vazirlik odamsimon robotlarning “miyalari” va “qo‘l-oyoqlarini” sun’iy intellekt yordamida rivojlantirishga e‘tibor qaratishni talab qilmoqda. Hujjatga ko‘ra, Xitoy yaqin kelajakda sog‘liqni saqlash, maishiy xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va logistika kabi sohalarda robotlardan foydalanishni rejalashtirgan.

Bunday robotlar kompyuter, smartfon va yangi transport vositalaridan keyingi “inqilobiy innovatsiya” bo‘lishi kutilmoqda.

Odamsimon robotlar zaharli materiallar bilan ishlash yoki odamlar uchun yaroqsiz muhitda, masalan, Oyda faoliyat olib borishi prognoz qilinmoqda. Xitoy odamsimon robotlar ishlab chiqarish bilan jiddiy shug‘ullanayotgan birinchi davlat emas. Shunday qilib, Tesla odamsimon robot Optimusni yaratmoqda, Kaliforniyaning Fig startapi esa 2023-yilda odamsimon robotni yaratish uchun 70 milliard dollar jalb qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »