Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Majburiy ijro byurosining Yashnobod tumani bo‘limiga joriy yilning sentyabr—oktyabr oylari davomida kelib tushgan Toshkent shahar IIBB YHXBning qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-3 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni 36 marotaba sodir etgan, ya’ni tezlikni me’yoridan oshirgan qarzdor E.A.dan davlat foydasiga jami 15 mln 552 ming so‘m ma’muriy jarima undirish belgilangan. Ammo bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan, fuqaro qarzdorlikni to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani sababli unga tegishli Lacetti rusumli transport vositasi davlat ijrochisi Sh.Maqsudov tomonidan tegishli tartibda xatlanib, realizatsiya qilish ishlariga kirishildi. Bu haqida “Daryo”ga MIB xabar qildi.

Foto: “Daryo”

Yana bir holatda esa, 35 marta tezlikni me’yoridan oshirgan fuqaro L.Sh.dan davlat foydasiga jami 11 mln so‘m ma’muriy jarimalar undirish ko‘zda tutilgandi. Ammo ushbu fuqaro ham qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Shundan so‘ng, davlat ijrochisi M.Qodirov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli Spark rusumli transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirish jarayonida fuqaro yuqoridagi qarzdorlikni to‘liq to‘lagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »