Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Bishimbayev Kuandik rafiqasini o‘ldirganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda Knews xabar berdi.

Foto: Tengrinews

Sobiq vazir xotinini kaltaklaganlikda gumon qilinmoqda, keyinchalik ayol olgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Tez yordam mashinasi o‘z vaqtida yetib kelmagan.

Tez yordam kelgunga qadar 30 yoshli ayol vafot etgan, shifokorning so‘zlariga ko‘ra, uni Do‘stlik ko‘chasi 16-uyda joylashgan “Bau” restoranida eri kaltaklagan. Bishimbayev hibsga olinishidan oldin o‘zini pichoqlash bilan tahdid qilgan.

Voqea joyida Bishimbayev Kuandik Valixanovich hibsga olingan.

Kuandik Bishimbayev 43 yoshda. Uylangan, uch o‘g‘il va bir qizi bor. 2016-yilning 6-mayidan 28-dekabriga qadar Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlagan. 2017-yil yanvar oyida u bir necha bor yirik miqdorda pora olgani uchun “Antikor” xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 2018-yilda u 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2019-yil 25-sentyabrda shartli ravishda ozodlikka chiqqan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »