Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Keyingi yillarda tashqi savdo sohasi davlatimiz iqtisodiy rivojlanishining muhim shakllaridan biriga aylandi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va turli xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

o‘pincha eksportga yo‘naltirilgan Yevropadagi Germaniya yoki Osiyodagi Xitoy kabi ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan tashqi savdo davlatning iqtisodiy rivojlanishining dvigateliga aylanishi mumkin.

O‘tgan qisqa muddatda O‘zbekiston ushbu eksportga yo‘naltirilgan modelni to‘liq o‘zlashtirib ko‘pkina mamlakatlar bilan savdo hamkorlarini kuchaytirish va tashqi savdoni ko‘paytirish bo‘yicha faol qadamlar qo‘ydi. Ushbu o‘zgarishga sanoatdagi ishlarning holatini chuqur tahlil qilish yordam berdi.

2000-2015 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya va takomillashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, tabiiy resurslar O‘zbekistonning asosiy eksport mahsuloti bo‘lib qoldi. Cheklangan tashqi hamkorlar hisobga olinsa, bu O‘zbekiston talab va narxlar o‘zgarishiga nisbatan zaif bo‘lib qoldi.

Ushbu davr mobaynida 10 ta yetakchi hamkordan O‘zbekiston faqat Afg‘oniston bilan savdo balansida ijobiy saldoga ega bo‘lgan bo‘lsa, Rossiya, Xitoy, Yevropa Ittifoqi va boshqa yetakchi hamkor davlatlar bilan savdo taqchilligi saqlanib qolgan. Import qilinadigan asosiy tovarlar respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologiyalar, asbob-uskunalar va dori vositalari edi.

Shuningdek, mamlakatimizda zamonaviy, sifatli va raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yetarli quvvat va texnologiyalar yo‘qligi eksport imkoniyatlarimizni cheklab qo‘ygan edi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar eksport holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. Shunday qilib, 2017-2021 yillarda mamlakat eksporti har yili 15 foizga o‘sdi.

Foto: Google images

Bunda davlatimiz rahbarining respublika tashqi savdosi sohasidagi ishlar holatiga alohida e’tibor qaratgani katta rol o‘ynadi. Prezidentimiz doimiy ravishda barcha vazirlik va idoralar hamda viloyatlar rahbarlari ishtirokida eksport va sarmoyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha muhokama yig‘ilishlari o‘tkazib kelmoqda. Xizmatlar eksporti ulushini oshirgan holda eksport tuzilmasini tubdan diversifikatsiya qilish zarurligini qayta-qayta ta’kidlab, investisiyalarni jalb etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga muntazam va qayta-qayta tashrif buyurib, ularda investisiya loyihalari va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini shaxsan ko‘rib chiqadi.

O‘z vaqtida ko‘rilayotgan ushbu chora-tadbirlar tufayli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, investisiya loyihalari tashabbuskorlari va eksportyorlarni amaliy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli mexanizmlar ishlab chiqildi. Umuman olganda, tashqi savdo erkinlashtirildi. Tarifsiz to‘siqlar, turli aksiz soliqlari va milliy valyutaning konvertatsiya qilinmasligi bartaraf etildi. Tashqi savdo faoliyatini olib borish sezilarli darajada soddalashtirildi.

Bunday o‘zgarishlar qisqa muddat ichida o‘z natijalarini berdi – iqtisodiy islohotlar xorijiy mamlakatlar bilan savdo aloqalarini jadal rivojlanishiga yordam berdi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, agar 2016 yilda tovar va xizmatlar eksporti yalpi ichki mahsulotning 15 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 31 foizga yetgan. 2017-2022 yillarda respublikaning jami eksporti 95 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi, shundan 2022 yilda 19 milliard dollardan ortiq mahsulot eksport qilindi, bu 2016 yilga nisbatan 60 foizga ko‘pdir.

So‘nggi yillarda respublikada eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman, muvozanatli tashqi savdoni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimizda tashqi savdo aylanmasi 44,7 milliard dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,1 foizga o‘sdi yoki 8,1 milliard dollarga ko‘pdir.

“Made in Uzbekistan” brendi ostidagi mahsulotlar jahon bozorida tobora keng tarqalmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 204 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog‘iston, Turkiya, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston va Germaniya bilan qayd etilgan.
Shu bilan birga, eksport o‘sishi yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan elektr jihozlari, tikuv va trikotaj mahsulotlari, kabel va simlar, qurilish materiallari kabi sanoat mahsulotlari hajmining ko‘payishi hisobiga ta’minlandi.

Ayni paytda davlatimiz resurs-iqtisodiy imkoniyatlarimiz va inson salohiyatimizga mos keladigan jahon savdo tizimida o‘zining munosib o‘rnini topish maqsadida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha faol muloqotni boshladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »