Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Toshshahartransxizmat” Yashnobod tumanida avtobus va Nexia avtomobili o‘rtasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 10-noyabr kuni soat 08:00 da poytaxtning Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida MAN avtobusi va Nexia-1 avtomobili ishtirokida YTH ro‘y bergan. 

Maxtumquli ko‘chasi Ashxobod bog‘i chorrahasida 21-sonli avtobus yo‘l qatnov qismining chap bo‘lagida to‘xtab turgan yengil avtomobilning orqa qismiga borib urilgan. Mazkur holatda Nexia hech qanday avariya holatini anglatuvchi belgilarini qo‘ymasdan va avariya chiroqlarini yoqmasdan turgan.

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi yengil jarohat olgan. Ikkala transport vositasiga ham texnik shikast yetgan.

“Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkent viloyati Olmaliq shahrida avtobus bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »