Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida 9-noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning 16-sammiti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Pokiston, Qozog‘iston delegatsiyalari rahbarlari hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etdi. Biroq tashkilot aʼzolaridan biri hisoblangan Afg‘oniston tomonidan vakillar qatnashmadi. Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahrom Sotiboldiyev “Daryo”ga bergan intervyusida buning sababini tushuntirdi.

Bahrom Sotiboldiyev 
Foto:“Daryo”

Bahrom Sotiboldiyevning aytishicha, sammitda Afg‘oniston vakillari ishtirok etmagan bo‘lsa-da, mamlakat kelajagi doim muhokamalar diqqat markazida turadi.

“Prezident Shavkat Miromonovich har qanday xalqaro maydonlarda, albatta, Afg‘oniston masalasiga alohida urg‘u berib, mamlakatni dunyo siyosatining kun tartibidan tushib qolmasligi uchun dunyo eʼtiborini Afg‘onistondagi vaziyatga qaratib kelmoqda. Afg‘onistondan vakillar sammitda ishtirok etmayotganining sababi, bilamiz, u yerda hozir muvaqqat hukumat. Dunyo hamjamiyati tomonidan rasmiy tan olinmagan.

Biz yuqorida aytdik, yangi transport kommunikatsiya yo‘laklari to‘g‘risida. Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan asosiy yo‘nalishlar Afg‘oniston hududidan kesib o‘tadi. Va albatta, Afg‘onistonning IHT doirasidagi loyihalari, ishtirokchi bo‘lishi nazarda tutilyapti. Sababi agar birgalashib, tashkilot doirasidagi davlatlar sa’y-harakatini muvofiqlashtirib, Afg‘onistonning xalqi tushib qolgan og‘ir iqtisodiy ahvoldan chiqarilmasa, bu mamlakatdagi og‘ir holat, xavf-xatarlarning soni va ko‘lamining kengayib borishiga olib kelishi mumkin”, — dedi mutaxassis.

Shavkat Mirziyoyev sammitda ishtirok etayotgan barchani afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ko‘paytirishga, ushbu mamlakatdagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni jamoaviy mas’uliyat va maqbul mexanizmlar asosida hal etishga chaqirdi.

“Asrlar davomida bizga yon qo‘shni bo‘lgan ko‘pmillatli Afg‘oniston xalqini bugungi murakkab muammolari qarshisida yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi. Ushbu mamlakatni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy shartidir.

Barchangizni afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni ko‘paytirishga, ushbu mamlakatdagi o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni jamoaviy mas’uliyat va maqbul mexanizmlar asosida hal etishga chaqiraman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »