Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 12-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 11-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Yuventus” o‘z maydonida “Kalyari”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda turinliklar hisobni ochdi. 60-daqiqada Bremer Kostichni uzatmasini golga aylantirdi. 70-daqiqada Daniel Rugani uchrashuvdagi ikkinchi golga mualliflik qildi. 71-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Luvumboning o‘rniga maydonga tushirildi. 75-daqiqada esa Dossena hisobni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “Yuventus” g‘alaba qozondi.

“Milan” “Lechche”ga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida durang qayd etdi. Milanliklar safida Olivye Jiru va Teyani Reynders gol muallifiga aylangan bo‘lsa, “Lechche” tarkibida Nikola Sansone va Lemek Banda darvozani ishg‘ol qildi.


A Seriya

12-tur bahslari

11-noyabr, shanba

“Yuventus” – “Kalyari” 2:1

Gollar: 1:0 – 60 Bremer, 2:0 – 70 Rugani, 2:1 – 75 Dossena.

“Yuventus”: Shensni, Kambyazo (Nikolussi-Kavilya, 88), Rugani, Bremer, Gatti, Kostich, Lokatelli, Makkenni, Miretti (Ayling, 66), Kyeza (Milik, 81), Kin (Vlahovich, 66).

“Kalyari”: Skuffet, Zappa, Goldaniga, Dossena, Aujello, Viola (Oristanio, 67), Yankto (Pavoletti, 88), Makumbu, Prati, Luvumbu (Shomurodov, 71), Petanya (Lapadula, 46).

Ogohlantirishlar: Makkenni (57), Luvumbu (70), Kostich (82), Kambyazo (87).

“Lechche” – “Milan” 2:2

Gollar: 0:1 – 28 Jiru, 0:2 – 35 Reynders, 1:2 – 66 Sansone, 2:2 – 70 Banda.

“Lechche”: Falkone, Jandre, Baskirotto, Pongrachich, Dorgu, Ramadani, Rafya (Gonsales, 57), Kaba (Blen, 63), Banda (Venuti, 87), Strefessa (Sansone, 63), Krstovich (Pikkoli, 63).

“Milan”: Menyan, Kalabriya (Musa, 46), Tomori, Tiav, Ernandes, Krunich, Pobega (Florensi, 71), Reynders, Rafael Leau (Okafor, 10), Chukvueze (Yovich, 79), Jiru.

Ogohlantirishlar: Ernandes (44), Ramadani (45), Strefessa (62), Musa (80), Kalabriya (81), Pikkoli (85), Florensi (90), Gonsales (90), Jiru (90), Krunich (90).

Chetlatish: Jiru (90).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »