Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Markaziy banki bank nazorat qo‘mitasining 10-noyabrdagi qarori bilan Brio Group (Oson) masʼuliyati cheklangan jamiyatining to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasi amal qilish muddati qayta tiklandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kompaniya litsenziyasining amal qilish muddati qo‘mitaning 17-oktyabrdagi qaroriga asosan vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgandi. Avgust oyi oxirida Markaziy bank Oson’ni to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun jarimaga tortgani maʼlum bo‘lgan edi.

Brio Group kompaniyasi OAVda xabarlar tarqalgach, O‘zbekistonning 50 dan ortiq fintex-tashkilotlari Markaziy bankdan 5-sentyabrdan boshlab transchegaraviy davlatlararo tranzit operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlanishi haqida xat olganini qo‘shimcha qilgandi. Bu xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, o‘yin xizmatlari va xorijiy kompaniyalar xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek, bir qator boshqa operatsiyalar amalga oshirish tugatilishini anglatadi.

“5-sentyabrdan biz va barcha to‘lov tashkilotlariga hamma xalqaro servislarni o‘chirish majburiyatini yuklashyapti. Jahon miqyosidagi yirik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarimiz bor. Bundan kelib chiqadiki, biz regulyator bozorni yopib qo‘yayotganiga asoslanib, barcha kelishuvlarni bir tomonlama bekor qilishimiz kerak”, — degandi Brio Group bosh direktori Farhod Mahmudov “Gazeta.uz”ga.

5-sentyabrga kelib, Oson to‘lov xizmati xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Shu kunning o‘zida xizmat Markaziy bank jarima sanksiyalari ishi bo‘yicha barcha so‘rovlarni qaytarib olishini va jarimani to‘lashini maʼlum qildi. O‘z navbatida, Markaziy bank ham sodir bo‘lgan voqealarga munosabat bildirgan. Oson to‘lov xizmati qabul qiluvchi va jo‘natuvchi to‘g‘risidagi talab qilinadigan maʼlumotlarni qonunchilikda ko‘rsatilganidek aks ettirmagani uchun jarimaga tortildi, deyilgan regulyator munosabatida.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »