Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha bildirilayotgan taklif va mulohazalarga munosabat bildirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Markaziy bank O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid idoralararo qaror loyihasini muhokamaga qo‘ygandi. Tuzatishlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan chet el valyutasini xarid qilish ustidan nazoratni kuchaytirish taklif etilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, mazkur hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar valyuta operatsiyalarini cheklash yoki qatʼiylashtirishni emas, balki amalda mavjud normalarga aniqlik kiritish, ayrim operatsiyalarni amalga oshirish jarayonini yanada soddalashtirish, tarqoq normalarni umumlashtirishni nazarda tutadi.

Xususan, loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish;
  • amaldagi normalarni turli xil talqin qilish holatlarining oldini olish maqsadida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan chet el valyutasini sotib olishda banklarga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlarni aniq belgilash;
  • chet el valyutasini sotib olish buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish;
  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda norezident jismoniy shaxslarga valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish;
  • bank kassalari orqali mijozlarga naqd chet el valyutasini chiqim qilish bilan bog‘liq normalarni umumlashtirish.

Markaziy bank barcha ommaviy axborot vositalariga mazkur loyiha yuzasidan bildirilgan takliflar uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va ushbu takliflar loyihani yanada takomillashtirish davomida ko‘rib chiqilishini maʼlum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr boshida O‘zbekiston Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov tashkilotlari uchun transchegaraviy pul o‘tkazmalariga doir o‘rnatilayotgan cheklovlar yuzasidan tarqatilayotgan xabarlarga munosabat bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »