Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada 6-noyabrdan 12-noyabrgacha bo‘lgan davrda koronavirus bilan kasallanish 22,8 foizga oshdi, 70 ta hududda o‘sish qayd etildi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Hozirda 41 mingdan ortiq odam kasallangan, 5,5 mingga yaqini kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonaga yotqizilganlar soni avvalgi haftaga nisbatan 8,5 foizga oshgan, 76 nafar bemor vafot etgan.

“O‘tgan haftada har 100 ming aholiga to‘g‘ri keladigan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi 29,63 nafarni tashkil etgan. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan 22,8 foizga yuqori. 70 ta hududda, jumladan, 24 ta hududda kasallanishning o‘sishi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan oshgan”, — deyiladi xabarda.

14-noyabr holatiga ko‘ra, koronavirusning 285 mingdan ortiq genomik ketma-ketligi VGARus maʼlumotlar bazasiga yuklangan, omikron genovariantining ketma-ketligi ustunligicha qolmoqda. “Rospotrebnadzor” mamlakat pandemiyaning yangi to‘lqiniga tayyorligini ta’kidladi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »