Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) so‘nggi yillarda vabo bilan kasallanish holatlari ikki baravar ko‘payganini ma’lum qildi. Tashkilot tegishli hisobotini e’lon qildi.

Foto: Reuters

2022-yilda 472 mingdan ortiq vaboga chalinish holatlari qayd etilgan. Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 223 mingdan ortiqni tashkil qilgan. Vabo 44 davlatda aniqlangan bo‘lib, o‘tgan yili kasallik 35 davlatga tarqalgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston, Kamerun, Kongo Demokratik Respublikasi, Malavi, Nigeriya, Somali va Suriya o‘tgan yili vabodan eng ko‘p jabr ko‘rgan.

“Konfliktlar, iqlim o‘zgarishi, mamlakat rivojiga cheklangan sarmoya va migratsiya vabo epidemiyalarining ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Koronavirus sababli o‘rnatilgan cheklovlarning tugashi, infeksiyaning oldini olish va nazorat qilish choralarining kamayishi va epidemiyaga qarshi kurashish uchun mablag‘larning kamayishi boshqa kasalliklarga, shu jumladan, vaboga ham ta’sir qildi”, — dedi JSST.

Vabodan o‘lim darajasi 0,5 foizni (2349 ta holat) tashkil qiladi. JSST ekspertlarining ta’kidlashicha, infeksiya haqida hali yetarli ma’lumotlar yo‘q. Har yili 1,3-4 million kasallik holatlari va 143 minggacha o‘lim prognoz qilinadi.

  • Vabo — o‘tkir diareya infeksiyasi. Ko‘pincha bu ifloslangan oziq-ovqat va suv iste’moli tufayli yuzaga keladi. Vaboning belgilari orasida diareya, mushaklarning tortishishi, qiyofaning keskin o'zgarishi (ko'zlar ichkariga kirishi, lab va quloq ko‘karishi), normal yoki hatto past tana haroratida terining sovishi, nafas qisilishi va kuchli zaiflik.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »