Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus Xitoy rasmiylaridan koronavirusning kelib chiqishi haqida qo‘shimcha maʼlumot berishni talab qildi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Foto: Getty Images

Gebreyesus kovid kelib chiqishini tekshirish uchun ikkinchi delegatsiyani Xitoyga yuborishga tayyorligini bildirdi. Chunki Xitoyning Uxan shahrida birinchi infeksiya holatlaridan to‘rt yil o‘tib ham virusning kelib chiqishi noma’lumligicha qolmoqda.

“Xitoydan bu ma’lumotlarga to‘liq kirishni ta’minlashni va boshqa mamlakatlardan ikki tomonlama uchrashuvlar chog‘ida bu masalani ko‘tarishni so‘raymiz”, — dedi  Gebreyesus.

JSST rahbarining bayonoti koronavirus holatlari ko‘payganidan keyin vaksinalarni yangilash bo‘yicha muhokamalar chog‘ida e’lon qilindi. Garchi dunyo endi pandemiya xavfi ostida bo‘lmasa-da, olimlarning ta’kidlashicha, mamlakatlar virusning boshqa mutatsiyaga uchragan variantlari ustidan nazoratni kuchaytirishi kerak.

Hozirda COVID-19 ning kelib chiqishi haqidagi ikkita mashhur nazariya ko‘rib chiqilmoqda: virusning Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoridagi hayvonlardan odamga yuqishi yoki mahalliy laboratoriyadan sizib chiqishi.

“Tez orada javob olamiz. Bu vaqt masalasi”, — deya qo‘shimcha qildi Gebreyesus.

COVID-19 epidemiyasi birinchi marta 2019-yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. 2020-yil 30-yanvarda JSST ushbu epidemiyani xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat, 2020-yil 11-martda esa pandemiya deb eʼlon qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »