Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bir necha kun avval Marvel kinematografiya koinotining ayni vaqtdagi holatiga doir yangi hisobot eʼlon qilindi. Unda muxlislarning kompaniya tomonidan taqdim etilgan so‘nggi filmlar haqidagi fikrlari jamlangan.

Hisobotga ko‘ra, kompaniya tomonidan ishlangan so‘nggi filmlarning kassa yig‘imlari keskin kamayib ketgan. Bri Larson ishtirokidagi “Kapitan Marvel” kartinasi keltirgan daromad “Doktor Strenj: Telbalik multikoinotida” filmiga nisbatan 100 million dollarga kam bo‘lgan. “Doktor Strenj: Telbalik multikoinotida” filmi namoyishlar ortidan 185 million dollar daromad keltirgan edi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Hisobotda shuningdek, kompaniyaning so‘nggi filmlaridagi ayrim vizual effektlar tomoshabinlarni hayratga sololmagani ham qayd etilgan.

“Chumoli odam va Ari: Kvantomaniya” filmida kompyuter grafikasi ishlatilgan sahnalardan biri taqdimot vaqtida muxlislarni shunchaki lol qoldirgan.

“Filmda vizual effektlar so‘nggi lahzalarda qo‘shib qo‘yilgan va diqqatni torta olmagan o‘ndan ortiq sahna bor edi. Bunga ishonib bo‘lmaydi. Men o‘z faoliyatim davomida bunaqasini ko‘rmaganman. Bu haqida hamma gapirdi. Hattoki, rahbarlarning farzandlari ham shu sahnani muhokama qilishdi”, – deydi insayderlardan biri.

Foto: Europa Plus

Bularning barchasi Marvel kompaniyasi uchun muammolarni keltirib chiqarishi turgan gap. Kompaniya vakillari kamchiliklarni bartaraf etish va muxlislar ishonchini qaytadan qozonishga astoydil harakat qilmoqdalar. Kompaniya har doim vizual effektlar borasida yetakchilardan biri bo‘lgan. Marvel kinostudiyalar o‘rtasidagi raqobat kuchli ekanligidan kelib chiqqan holda o‘z pozisiyasini qayta tiklash va muxlislar eʼtiborini qaytadan qozonish uchun harakatni boshlab yuborgan.

Foto: Europa Plus

Taʼkidlash kerakki, kompaniya filmlari kino tomoshabinlari orasida haligacha mashhur va katta auditoriyaga ega. Ayrim murakkabliklarga qaramay, kompaniya muxlislarni ajoyib hikoyalar va jasur qahramonlar bilan quvontirishda davom etib kelmoqda. Shu o‘rinda kinostudiyaning olamshumul muvaffaqiyati va Marvel koinotining zamonaviy madaniyatga katta taʼsir ko‘rsatishini tan olmaslik mumkin emas.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »