Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda 15-noyabr kuni BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21 UNCCD) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi yalpi majlis bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati
“O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir. Chunki mamlakat hududining katta qismi dasht va cho‘llardan iborat. Ushbu muammolarni hal qilish uchun barcha darajalarda kompleks chora-tadbirlar ko‘rish kerak. Bu masalani O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxsan nazorat qilib bormoqda, — dedi tadbirda nutq so‘zlagan vazirlik rahbari Aziz Abduhakimov.

Xabarda aytilishicha, BMTning cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyasi ijrochi kotibi Ibrohim Tiau ham so‘zga chiqib, qum va chang bo‘ronlari barqaror rivojlanishga erishish uchun katta muammo tug‘dirayotganini, biroq bu xavfni yanada og‘irlashtirish ham, bartaraf etish ham insonlarning qo‘lida ekanini ta’kidladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Bahriddin Nishonov havo ifloslanishini monitoring qilishning zamonaviy tizimlari muhim ekanligini qayd etdi.

“Tadqiqotlarga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Xitoy atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyo miqyosida (Sahroyi Kabir cho‘lidan keyin) ikkinchi o‘rinda turadi – bu umumiy miqdorning taxminan 20 foiziga teng”, — dedi u.

Bahriddin Nishonov O‘zbekistonda shahar va aholi punktlarining atmosfera havosidagi chang va mayda dispers zarrachalarning (PM1, PM2,5, PM10) ko‘rish diapazoni va konsentratsiyasini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi avtomatik meteorologik stansiyalar va havoning ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalar o‘rnatilganini, chang va qum bo‘ronlarini kuzatish va prognoz qilish imkoniyatlarini kuchaytirish ushbu hodisalarning salbiy oqibatlarini kamaytirishga yordam berishini ham aytdi.

BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasiga (UNCCD) ko‘ra, qum va chang bo‘ronlari yetarlicha e’tibor berilmagan muammo bo‘lib, hozirda dunyoning ba’zi joylarida “sezilarli darajada” keng tarqalgan.

Har yili atmosferaga Gizadagi 350 ta piramida og'irligiga teng bo‘lgan ikki milliard tonna qum va chang tarqaladi. UNCCD ekspertlarining fikricha, bu hodisaning 25 foizdan ortig‘i inson faoliyati bilan bog'liq. Zarar Shimoliy va Markaziy Osiyodan Sahroyi Kabir, janubiy Afrikagacha bo‘lgan mamlakatlarda sodir bo‘ladi, ularning inson salomatligiga ta’siri hali ham yetarlicha baholanmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »