Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya endi Qora dengizdan dunyoning boshqa mintaqalarini beqarorlashtirish uchun tramplin sifatida foydalana olmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qora dengiz iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi sammitidagi nutqida aytib o‘tdi.

Ukraina davlati rahbari Qora dengiz mintaqasi davlatlari vakillariga murojaat qilar ekan, bugun dunyo Qora dengizning ahamiyatini tushunib yetganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, global xavfsizlik asoslaridan biri aynan shu yerdan boshlanadi.

Foto: BBC
“Bizning xalqlarimiz, mamlakatlarimiz hamkorlarimiz bilan birgalikda bunday xavfsizlikning kafolati hisoblanadi. Biz butun dunyo barqarorligini oshirishga, tinchlikni mustahkamlashga qodirmiz. Rossiyaning Qora dengizdagi tajovuzkorligi xalqaro tartibga qarshi tajovuzkorlikka aylandi”, — dedi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, aynan shu yerda Rossiya yillar davomida Ukraina Qrimidagi harbiy tayanchlaridan turli xalqlarning normal hayotiga putur yetkazish uchun foydalangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »