Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina razvedkasi Qrimda Rossiya desant kemalariga zarba berib, ularni ishdan chiqarganini ma’lum qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: “Serna” toifasidagi kater

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi 10-noyabrga o‘tar kechasi bosib olingan Qrimda operatsiya o‘tkazdi. Natijada Rossiya Qora dengiz flotining kichik desant kemalariga zarba berildi.

Gap 11770 “Serna” toifasidagi katerlar haqida ketmoqda. Bortda ekipaj, zirhli transport vositalari, jumladan, zirhli BTR-82 texnikalari bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Dastlab Ukraina Qurolli kuchlari Feodosiyadagi neft omboriga ikkita dron bilan zarba bermoqchi bo‘lgan, biroq dronlar urib tushirilgan. Shundan so‘ng Ukraina qo‘shinlari kazarmaga Neptun raketasi bilan zarba berishga uringan, biroq raketa yaqin atrofdagi yerga qulagan. Shu bilan birga, to‘rtta uchuvchisiz kater “Uzkaya” ko‘rfaziga kirib, flot katerlarini nishonga olgan

“Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, xodimlar orasida qurbonlar yo‘q”, — deb yozadi “Ribar” nashri.

Rossiya Mudofaa vazirligi 10-noyabrga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning ikkita dronini Qrim uzra tutib olganini, yana biri Tula viloyatida urib tushirilganini ma’lum qildi. Hech qanday kemaga nishonga olingani haqida xabar berilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »