Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari Roza Otunboyeva 16-noyabr kuni O‘zbekistonga keldi va TIV rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: TIV matbuot xizmati
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari Roza Otunbayeva xonim bilan uchrashishdan mamnunmiz”, — deb yozgan vazir Baxtiyor Saidov o‘z sahifasida.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish, ushbu mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash va turli infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘oniston yo‘nalishida ilgari surilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Roza O‘tunbayeva 2010-yil 7-apreldan 2011-yil 1-dekabrgacha Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. 2022-yil 2-sentyabrda BMT bosh kotibining maxsus vakili etib tayinlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »