Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Malika Sharlotta — Britaniya qirollik oilasining a’zosi, Keyt Middlton va shahzoda Uilyamning yagona qizi. Yelizaveta II vafotidan keyin 8 yoshli qizaloq otasi va akasidan keyin Britaniya taxtining uchinchi vorisi bo‘ldi. Oiladagi bunday mavqega qaramay, Sharlotta dunyodagi eng boy bola bo‘lib, hatto bir kun qirol bo‘lish ehtimoli ko‘proq bo‘lgan shahzoda Jorjni ham ortda qoldiradi. Sharlottaning puli yo‘qligini hisobga olsak, buni qanday tushunish mumkin?

 
 
Foto: Getty Images

Voyaga yetmaganligi sababli malika shaxsiy boylikka ega emas. Biroq xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, Sharlottaning boyligi 3,6 milliard funt sterlingni tashkil etadi. Jurnalistlar tadqiqotiga ko‘ra, bunday daromad malikaning onasi Keyt Middlton tufayli paydo bo‘lgan. “Keyt Middlton effekti”iga ko‘ra, Kembrij gersoginyasi o‘sha paytda omma oldiga nima kiyib chiqsa, u darhol sotilib ketadi. Sharlottada xuddi shunday tendensiya kuzatildi — faqat bolalar kiyimida. Va bu ta’sir juda katta miqdorda baholanadi.

Foto: Getty Images

Yosh malika och pushti rangdagi ko‘zoynak, moychechak gulli yoki chiziqli ko‘ylakda omma oldiga chiqishi bilanoq barcha do‘konlarda tugaydi. “Qizig‘i shundaki, malika Sharlottaning boyligi 2021-yildan beri 12 foizga kamaydi, biroq u hali ham bir kun kelib qirol bo‘ladigan akasi shahzoda Jorjdan oldinda”, — deydi qo‘shimcha tadqiqotlar olib borgan Electric Ride on Cars nashri.

Foto: Getty Images

Vaqt o‘tishi bilan Sharlotta tendensiyalarga yanada ko‘proq ta’sir qilishiga hech kim shubha qilmaydi. Ehtimol, bir kun qirollik malikasi ham bo‘lar — hozirda malika Annagina bu unvonga ega. Bu shuni anglatadiki, Keyt Middltonning yagona qizi qirollik oilasida katta ta’sirga ega bo‘ladi.

Qirollik malikasi — Britaniya monarxi tomonidan katta qiziga beriladigan unvon. Bir vaqt ichida faqat bitta malika mazkur unvonga ega bo‘lishi mumkin va u umrining oxirigacha bu unvonni saqlab qoladi.

 
Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »