Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda maktab o‘quvchisi is gazidan ogohlantiruvchi qurilma yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ushbu qurilma 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Ozodbek Hoshimov tomonidan ixtiro qilingan bo‘lib, u uch yildan buyon robototexnika to‘garagiga qatnab kelgan. Qurilma gaz, olov va tutun yuzaga kelganda uy egalarini ogohlantirish, shuningdek, o‘t o‘chiruvchilarga xavf yuzaga kelgan joydan geolokatsiya tashlab, SMS xabarnoma yuboradi.

“Qish mavsumi edi. Odamlar is gazidan vafot etdi degan mashʼum xabarlarni OAV orqali o‘qib, eshitganimda, buning oldini olish kerak degan o‘y keldi va buning ortidan mana shu ixtironi yaratish g‘oyasi tug‘ildi. Agar ushbu ixtiro tegishli xizmatlar bilan integratsiya qilinsa, albatta bunday baxtsiz hodisalarning oldi olinishiga ishonaman”, — deydi o‘quvchining o‘zi.

Ayni damda uning ixtirosini patentlash jarayoni kechmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »