Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Humo Arena”da 17-noyabr, juma kuni professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. 

WBC tashkiloti hamda LIFT promouterlik kompaniyasi hamkorligi tashkillashtirilgan boks oqshomida superog‘ir vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov JAR vakili Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarildi.

10 raundga mo‘ljallangan jangning 1-raundidayoq Bahodir nokaut evaziga g‘alaba qozondi. 

Afsonaviy bokschilar Mayk Tayson va Evander Holifild ishtirok etgan boks oqshomining boshqa natijalari bilan tanishing: 

Asosiy kard:

Yarim yengil vaznda (57,1 kg) 4 raundlik jang: Abdumalik Halokov (O‘zbekiston, 1-0-0) o‘z debyut jangida Oleksandr Yegorovni (Ukraina, 20-10-1) 2-raundda nokautga uchratdi;

Yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) 8 raundlik jang: Qudratillo Abduqahhorov (O‘zbekiston, 18-2-0) Maono Alli (Tanzaniya, 14-7-1) ustidan 2-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi;

Eng yengil vaznda (53,5 kg) 8 raundlik jang: Miraziz Mirzaxalilov (O‘zbekiston, 3-0-0) Runqi Jouni (Xitoy, 6-1-0) ochkolar evaziga mag‘lub etdi;

O‘rta vaznda (72,5 kg) WBC Central Asia turniri finali (8 raundlik): Anvar Turopov (O‘zbekiston, 8-1-0) Suhrob Qayumov (O‘zbekiston, 2-0-0) o‘rtasidagi jang Qayumovning g‘alabasi bilan yakunlandi;

Birinchi o‘rta vaznda (69,8 kg) WBC International kamari uchun: Ermal Hadribey (AQSH, 16-0-1) - Karlos Molina (Meksika, 38-13-2), 9-raundda Hadribeyning qo‘li baland keldi;

Birinchi yarim o‘rta vaznda (63,5 kg) WBC Central Asia kamari uchun: Mujibillo Tursunov (O'zbekiston, 3-0-0) Yangcheng Jinga (Xitoy, 12-6-2) hech qanday imkon qoldirmadi va ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi;

O‘rta vaznda (72,5 kg) WBC Eliminator jangi (12 raundlik): Meyirim Nursultanov (Qozog‘iston, 19-0-0) Xulio Alamosni (Chili, 16-1-0) hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi;

Co main event: Ikkinchi o‘ta yengil vaznda (52,1 kg) WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun (12 raundlik): Pedro Guevara (Meksika, 40-3-1) Karlos Kuadrasga (Meksika, 41-5-1) mag‘lub bo‘ldi.  

Markaziy jang: Og‘ir vaznda 10 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston, 13-0-0) Kris Tompsonni (JAR, 12-5-1) 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »