Avstraliyada ikki samolyot havoda to‘qnashib ketdi, ulardan biri ko‘rfazga quladi
Avstraliyaning Melburn shahridagi Mornington yarim oroli yaqinida 2 samolyot havoda to‘qnashib ketdi. Bu haqda AP xabar bermoqda.
Marta tog‘idan qariyb 12 km g‘arbda joylashgan Port-Phillip ko‘rfazida sodir bo‘lgan hodisaga favqulodda xizmatlar mahalliy vaqt bilan 14:45 da chaqirilgan. Avstraliya dengiz xavfsizligi boshqarmasi ikkita ViperS-211 Marchetti samolyoti to‘qnashganini va ulardan bittasi suvga qulaganini tasdiqladi. Samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan.
Ichida uchuvchi va yo‘lovchi bo‘lgan ikkinchi samolyot Essendon aeroportiga eson-omon qo‘ndi.
Uchta qutqaruv vertolyoti halokat sodir bo‘lgan hududni suv politsiyasi va ko‘ngilli dengiz qutqaruv bo‘linmalari bilan nazoratdan o‘tkazmoqda. Hozircha samolyotning bir necha qoldiqlari topildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari tong otguncha davom etadi. Hodisa Avstraliya transport xavfsizligi byurosi tomonidan tekshirilmoqda.