Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Aerokosmik kuchlari gipertovushli yangi “Fattoh 2” deb nomlangan qanotli raketani taqdim etdi.

Eron davlat axborot agentligi IRNA xabariga ko‘ra, birinchi avlod qanotli raketalar dastlabki quvvatni ta’minlash uchun oddiy raketa dvigatellari, shuningdek, harakatni boshqarish uchun turboreaktiv dvigatellar bilan jihozlangan. Yangi avlod “Fattah 2” raketalari esa havo-reaktiv dvigateli bilan jihozlangan.

Foto: Google Images

Iyun oyida Eron hukumati mamlakatda ishlab chiqarilgan birinchi gipertovushli ballistik raketa — “Fattoh”ni namoyish qilgandi. Eron o‘z arsenalida gipertovushli texnologiyalarga ega bo‘lgan dunyodagi to‘rtinchi davlatga aylandi.

2022-yil noyabr oyida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi aerokosmik kuchlari qo‘mondoni, brigada generali Amir Ali Hojizoda eronlik mutaxassislar birinchi gipertovushli raketani yaratishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Keyin Pentagon bunga shubha qildi, ammo may oyi oxirida Hojizoda raketa barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »