Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan so‘ng, Eron AQSH bilan harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda qurol yetkazib berishni so‘rab Rossiyaga murojaat qildi. Bu haqda fransuz razvedkasi bilan bog‘liq Intelligence Online sayti xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, Eron Rossiyadan tank va kemalarga qarshi raketalar so‘ragan. Eron qurolli kuchlari o‘zlarining ko‘plab raketalarini HAMAS va “Hizbulloh”ga topshirgani uchun tankga qarshi qurollar talab qilingan. 

Rossiya qurollarni yetkazib berishni kechiktirmoqda, agar ular yana HAMAS yoki “Hizbulloh” qo‘liga tushib qolsa, buni oqlash qiyin bo‘ladi, — deydi Intelligence Online.

Amerika flotiga qarshi kurashish uchun Eron “Termit” raketalarini yetkazib berishni so‘ramoqda. U 1950-yillarda ishlab chiqilgan va Yaqin Sharqdagi urushlarda, jumladan, arab-Isroil, Eron-Iroq konfliktlarida foydalanilgan sovet kemalarga qarshi tizimlarining modernizatsiya qilingan varianti. 

AQSH G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatmasa, unga jiddiy zarba berish bilan tahdid qildi 

“Termit” kemaga qarshi majmuasini yetkazib berishga Rossiyaning roziligi olingan, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »