Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashi doirasida Fransiya Gibraltar ustidan 14:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvda Kilian Mbappe het-trik qayd etdi. Shu tariqa hujumchi terma jamoadagi gollari sonini 46 taga yetkazdi va Antuan Grizmanni (44 ta gol) ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Faqatgina Tyerri Anri (51) va Olivye Jiru (56) undan oldinda. Qayd etib o‘tish joiz, Mbappe Fransiya terma jamoasida 74 ta o‘yin o‘tkazgan.

Foto: Getty Images

Shuningdek, Kilian 2023-yilda Fransiya termasi tarkibidagi gollari sonini 10 tadan oshirdi va ketma-ket 2 yil davomida 10+ gol urgan ilk futbolchiga aylandi. 2022-yilda Mbappe 12 ta golga mualliflik qildi. 

24 yoshli futbolchi butun faoliyatidagi gollari sonini 300 taga yetkazdi. Hattoki, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Neymar ham 24 yoshiga qadar bu natijani qayd etmagan

Futbolchining o‘zi bu natija borasida: “Bu shunchaki jarayonning bir qismi. Faoliyati davomida 800 yoki 850 ta gol urgan futbolchilar bor. Shuning uchun 300 kulguli eshitiladi. Klub va terma jamoadagi natijalarni yaxshilab, oldinga harakat qilishda davom etish lozim”, — deydi

Sentabr oyida Ronaldu faoliyati davomida 850 ta gol urgan ilk futbolchi bo‘lgandi. Hozirda uning hisobida 1188 o‘yinda 858 ta gol mavjud. Messi esa 1044 o‘yinda 821 ta golga mualliflik qilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »