Texas gubernatori Meksika bilan chegarada yangi devor qurilishini ma’lum qildi
AQShning Texas shtati gubernatori Greg Ebbott X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) Meksika bilan chegarada devorning yangi qismi qurilishi aks etgan videoni e’lon qildi.
AFP xabariga ko‘ra, bugun, 19-noyabr kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp immigratsiya siyosati bo‘yicha saylov kampaniyasi doirasida Texasda Ebbott bilan uchrashmoqchi.
“Texas Amerikada o‘z chegarasida devor qurgan birinchi va yagona shtatdir”, — dedi Greg Abbott. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden chegarani qo‘riqlashni boshlamaguncha Texas davlat va millatni himoya qilish choralarini ko‘rishda davom etadi.
2016-yilda Meksika-Amerika devori qurilishi Donald Trampning saylovoldi dasturining asosiy nuqtalaridan biriga aylangandi.
2023-yil oktabr oyida AQSh Ichki xavfsizlik departamenti noqonuniy migrantlarning mamlakatga kirib kelishining oldini olish uchun devorni uzaytirishini ma’lum qildi. Maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilda 245 mingdan ortiq noqonuniy migrantlar Meksika bilan chegara orqali AQSHga kirishga uringan.