Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistondan olib kelinayotgan giyohvand moddalar qatoriga metamfetamin ham qo‘shilmoqda. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarga qarshi kurashish dasturi (CADAP-7) direktori Ernest Robello maʼlum qildi, deya xabar bemoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: Google Images

Ernest Robelloning aytishicha, Afg‘onistonda opiy ishlab chiqarish va yetishtirish sezilarli darajada qisqargan.

 

“Shunga qaramay, Afg‘onistonda metamfetamin o‘zboshimchalik bilan tayyorlanmoqda. Mintaqa mamlakatlari bu yangi narkotik vositaning tarqalishining oldini olishi kerak.

Agar giyohvand moddalarni iste’mol qilish haqida gapiradigan bo‘lsam, Afg‘onistonda giyohvand moddalar yetishtirish miqdori kamaysa, tabiiy narkotikka qaramlar yangi dori — metamfetaminga o‘tishi mumkin. Shuning uchun Afg‘onistondan O‘zbekistonga kelayotgan metofetamin oqimi o‘sishi mumkin”, — dedi CADAP-7 direktori Ernest Robello.

Maʼlumot uchun, metamfetamin — psixotrop modda bo‘lib, isteʼmol qilganlar unga oson o‘rganib qoladi.

CADAP va Markaziy Osiyo

Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo‘yicha dastur (CADAP) so‘nggi 20 yil ichida Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarga qarshi siyosat rivojiga tizimli ravishda sarmoyalar kiritib kelmoqda.

Tashkilot tajriba almashish va xalqaro standartlarni milliy hamkorlar ishiga joriy qilishga ko‘maklashadi. Bu nafaqat giyohvand moddalarga qarshi siyosat sohasidagi salohiyatni oshiradi, balki ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, giyohvand moddalarni iste’mol qilinishi oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, giyohvand moddalarga tobe bo‘lib qolish natijasida hastalangan odamlarni davolash yo‘llarini rivojlantiradi.

Avvalroq “Tolibon” ko‘knori yetishtirish va sotishni taqiqlaganidan so‘ng, mamlakatda metamfetamin ishlab chiqarish keskin oshgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »