Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik milliarder, Tesla va SpaceX kompaniyalari bosh direktori Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida (oldingi Twitter) antisemitzm qo‘llab-quvvatlayotgani bois yuzaga kelgan mashmashaga izoh berdi. Biznesmen o‘z postida antisemitizm borasidagi barcha ayblovlarni yolg‘on deb atadi.

Foto: Shutterstock
“O‘tgan hafta OAVda men antisemit (yahudiylar dushmani) ekani haqida yuzlab yolg‘on materillar paydo bo‘ldi”, — deydi Mask.

Ijtimoiy tarmoq egasining qo‘shimcha qilishicha, u “insoniyatga faqat yaxshilik, qolgan barchaga esa farovon va yorqin kelajak tilaydi”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Mask X foydalanuvchilaridan birining postiga javob qaytarib, “yahudiy xalqi oq tanli insonlarga nisbatan nafratni uyg‘otmoqda”, deb yozgandi.

Oq uy Maskning bayonotini qoralagan. Apple, Disney, Amazon, Oracle va boshqa yirik kompaniyalar milliarderning tviti sabab ijtimoiy tarmoqda reklama berishni to‘xtatgan edi.

Oktyabr oxirlarida Falastin maʼmuriyati Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Starlink sunʼiy yo‘ldoshlari yordamida G‘azo sektorida aloqani tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi. Starlink Falastin bilan hamkorlik qilishga roziligini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »