Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugunga kelib tendensiya yaxshi tomonga o‘zgara boshladi: katta yosh kinoda karyera qilishga to‘siq bo‘lmaydi. Qolaversa, bu yulduzlarni ilhomlantiradi va har qanday orzuga erishish mumkinligini ko‘rsatadi.

Ian MakKellen, 84 yosh

 
 
Foto: Filmdan kadr

Ian MakKellen tomonidan yaratilgan sehrgar Gendalf obrazi dunyodagi eng taniqli obrazlardan biriga aylandi, ammo aktyorning yoshligida qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini ko‘pchilik eslolmaydi ham. Uning aktyorlik karyerasi asosan teatr bilan bog‘liq bo‘lib, kinoda unchalik omadi yurishmagan. 58 yoshli MakKellenning karyerasidagi burilish nuqtasi “Shogird” trilleridagi sobiq natsist roli bo‘ldi. Shundan so‘ng “Xudolar va yirtqich hayvonlar” filmi uchun “Oskar” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Va nihoyat, mashhurlik aktyorga Piter Jeksonning “Uzuklar hukmdori” trilogiyasidan keyin keldi.

Alan Rikman, 55 yosh

Foto: Filmdan kadr

“Garri Potter” filmida suratga tushayotganda Alan Rikman 55 yoshda edi. Ko‘rinishidan, Rikman uzoq vaqt davomida o‘z obrazini qidirgan. Dastlab u o‘zini dizayn san’atiga bag‘ishlaydi, ammo 26 yoshida Rikman aktyorlik bo‘limida o‘qiydi. Kinodagi debyuti 32 yoshida bo‘ladi. Ammo haqiqiy shon-shuhrat Alan Rikmanga professor Severus Sneyp rolidan keyin keldi — uning obrazi hali ham franshiza muxlislari tomonidan eng sevimlilardan biri hisoblanadi. Aytish kerakki, 2016-yilda aktyorning saraton kasalligidan kutilmaganda vafot etishi butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarni qayg‘uga soldi.

Glenn Klouz, 76 yosh

Foto: Filmdan kadr

Glenn Klouzning iqtidori butun dunyoda tan olingan. Avvaliga aktrisa Brodvey sahnasida o‘ynaydi. Jamoatchilik va tanqidchilar, ayniqsa, Endryu Lloyd Uebberning “Sanset bulvari” musiqiy asaridagi Norma Desmondidan juda yaxshi bilishadi. Klouz 35 yoshida birinchi marta filmda debyut qilgan. Ammo uning mashhurligi 40 yoshida “Attraksion” filmi chiqqandan keyin ancha oshdi. Undan keyin “Xavfli munosabat” va albatta, “101 dalmatin” kabi muvaffaqiyatli asarlar paydo bo‘ldi. Bugungi kunda Glenn Klouz eng ko‘p “Oskar” mukofotiga (sakkiz marta) nomzod bo‘lgan aktrisalar orasida rekordchi hisoblanadi.

Brayan Krenston, 67 yosh

Foto: Filmdan kadr

Brayan Krenston orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun hech qachon kech emasligining jonli isbotidir. “Egrilik sari” teleserialida giyohvand moddalar sotuvchi o‘qituvchi Uolter Uaytni o‘ynashdan oldin u uzoq vaqt televideniyeda ishlagan, ammo muhim rollarni ijro etmagan. Faqat 44 yoshida u “Diqqat markazdagi Malkolm” sitkomida taniqli rolni o‘ynaydi, shundan so‘ng yana ekranlarda ko‘rinmay qoladi. Faqat 52 yoshidagina Krenston chinakam mashhur bo‘ldi: “Egrilik sari” serialidan keyin u Jey Roachning “Trambo” biografik filmida, Nikolas Uinding Refnning “Ishtiyoq” filmida va yaqinda suratga olingan “Asteroidlar shahri” dramasida o‘ynadi.

Stiv Karell, 61 yosh

Foto: Filmdan kadr

Stiv Karell hali ham ko‘pchilik tomonidan “Ofis” teleserialidagi ajoyib xo‘jayin sifatida eslanadi. Ammo bir kun kelib u pochtachilik ishini tashlab, bolalik orzusini ro‘yobga chiqarishga qaror qilmaganida, biz uni deyarli tanimagan bo‘lardik. U aktyorlik faoliyatini nisbatan kechroq 29 yoshida boshlagan. Mashhur filmlarda rol o‘ynaganiga qaramay, ularning deyarli barchasi epizodik edi. Faqat 42 yoshida Karell “Boshlovchi” komediyasidagi rolidan so‘ng mashhur bo‘ldi, undan keyin “40 yoshli bokira”, “Jinslar janggi” va “Ofis” filmlari ekranlarga chiqdi.

Terri O’Kuinn, 71 yosh

Foto: Filmdan kadr

Terri O’Kuinn “Hayot-mamot” teleserialidagi eng sirli va bahsli qahramonlardan birini o‘ynaydi. Jon Lokk roli uchun aktyor 2007-yilda eng yaxshi yordamchi aktyor sifatida Amerika televideniyesining asosiy “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘lgan. O‘sha paytda u 55 yoshda edi. Uning so‘nggi filmdagi rollaridan biri psixologik janrdagi “Kasl-Rok” veb-serialidagi obrazi edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »