Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat “qanday bo‘lmasin” Rossiya bilan tinchlik o‘rnatishga intilmaydi. Uning fikricha, to‘laqonli tinchlik muzokaralari Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududidan olib chiqib ketilganidan keyin boshlanishi mumkin.

Foto: The Sun
“Jang maydonida qiyinmi? Ha. Ammo hozir Rossiya bilan do‘stlik o‘rnatish yoki muzokaralar stoliga o‘tirish? Yo‘q”, — deydi Ukraina prezidenti Britaniyaning The Sun gazetasiga intevyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arb ittifoqchilari orasida Ukraina Qurolli Kuchlari “Rossiya qo‘shinlarini quvib yuborishga” qodirligi borasida shubhalar ortmoqda, biroq ushbu vaziyat Kiyevning pozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. “Ha, bizga bosim o‘tkazishlari mumkin, ammo pozitsiyamiz oldingidek qoladi. Jang maydonida ko‘proq muvaffaqiyatga erishishimiz kerak. Va biz buni amalga oshiramiz, yerlarimizni qaytarib olamiz, oxiriga qadar kurashamiz”, — deydi Zelenskiy.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi tezda tugamasligini ma’lum qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »