Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH faqat o‘zi ishtirok etmagan davlat to‘ntarishiga urinishlarni qoralaydi, xuddi 2014-yilda Gambiyada bo‘lgani kabi. Ukrainadagi shunga o‘xshash voqealarni esa AQSH qoralamadi, dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

Brifing chog‘ida Zaxarova AQSHning hokimiyatni konstitutsiyaga zid yo‘llar bilan egallab olishga bo‘lgan har qanday urinishlarni keskin qoralashi haqidagi bayonotidan iqtibos keltirdi. Uning aniqlik kiritishicha, bu 2014-yilda Gambiyadagi davlat to‘ntarishiga urinish munosabati bilan aytilgan. Shu bilan birga, Rossiya TIV rasmiy vakili “uzoq muddatli Ukraina inqiroziga olib kelgan” Maydan voqealari o‘sha paytda AQSh tomonidan qoralanmaganini ta’kidladi.

 
Foto: “RIA Novosti”

“Nega? Va bu savolga javobim bor. Chunki ular  faqat o‘zlari  ishtirok etmaydigan konstitutsiyaga zid bo‘lgan to‘ntarishga urinishlarni qoralaydilar. Lekin qayerda ishtirok etsalar, qayerda davlatlarning ichki ishlariga aralashsalar, aynan shu to‘ntarishga homiylik qiladilar. Ular bunday vaziyatda qoralashni shart deb bilishmaydi, u yerda faqat demokratiya va unga aloqador narsalar haqida gapirishadi”, — deya tushuntirdi Zaxarova.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Ukrainada hokimiyat almashganda AQSH “xalq nafratlangan hukumatga qarshi isyon ko‘tarib, demokratik inqilobni amalga oshirgani” haqida gapirganini eslatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »