Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida bo‘lib, energetika tizimining qish mavsumiga tayyorgarligi bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, yil boshida kelgan anomal sovuqdan xulosa qilib, tizim salohiyati oshirildi. Avvalo, ichki imkoniyatlar to‘la ishga solinib, tarmoqlar modernizatsiya qilindi. Qolaversa, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda ish olib borildi. Muassasa, korxona va turar joylardagi dolzarb masalalar o‘rganilib, bartaraf etildi. Bu ishlar har bir mahallagacha yetib bordi.

“Bu yil energetika tizimini yaxshilashga barcha manbalardan 14,5 trillion so‘m berdik. Qanday xomashyo, buyum, texnika kerak bo‘lsa, olib berildi. Endi soha rahbarlari masʼuliyatni to‘liq zimmasiga olib, aniq reja qilishi va energiya yetkazib berishni kafolatli taʼminlashi zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yilning o‘tgan davrida 675 megavattli elektr quvvatlari ishga tushdi. Respublika bo‘yicha 100 ta podstansiya, 11,5 mingta transformator va 34 ming kilometr tarmoqlar yangilandi. Aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida qo‘shimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilindi. Yerosti omborlarida yetarlicha gaz zaxirasi jamlandi. 

Prezident sovuq kunlarda energiya resurslariga bo‘lgan talabni kafolatli taʼminlash bo‘yicha mutasaddilarning hisobotini eshitdi.

Energetika vaziri ajratilgan mablag‘ evaziga joriy yilda qilingan ishlar va yaratilgan zaxira, kunlik isteʼmol va uni taʼminlash mo‘ljallari to‘g‘risida axborot berdi. Qayd etilganidek, energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi. Yaqin oylarda 1 ming 700 megavattli 8 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi, Sirdaryoda 500 megavattli gaz turbinasi ishga tushiriladi. Surxondaryodagi Sharg‘un konida 900 ming tonna ko‘mir qazib chiqarish boshlanadi.

Shuningdek, suyultirilgan gaz, mazut, transformator, kabel va boshqa zarur vositalarning zaxirasi tayyorlab qo‘yilgan. Davlat rahbari energiya manbalarini barqaror yetkazib berish, shu bilan birga, to‘lov intizomini taʼminlash muhimligini taʼkidladi. Noqonuniy ulanishlarga chek qo‘yish, ob-havoga qarab, iliq kunlarda energiya resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Tadbirda “O‘ztransgaz”, “Hududgaztaʼminot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari ham axborot berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »