Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 21-noyabr, seshanba kuni JCH—2026 saralashi doirasida Eronga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

O‘yindan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bugungi o‘yindagi kambekdan xursand bo‘ldim. Bunday o‘yinlarda kambek qilish juda qiyin kechadi. Eronga qarshi xarakter ko‘rsata oldik deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limdan qoniqish hosil qilmadim. Chunki birinchi bo‘limda deyarli o‘ynamadik. Ikkita golni ham o‘zimiz o‘zimizga olib keldik. Bunday darajadagi o‘yinlarda raqibga imkoniyat bersangiz, ular imkoniyatdan foydalanib keta oladi. 

Hisobni 2:2 ga o‘zgartirish, menimcha, pozitiv holat. 

Tanaffus vaqtida shogirdlariga nima degani haqida

Tanaffusda futbolchilarimdan raqibdan qo‘rqayapsizlarmi, deb so‘radim. Ularga raqiblarga yaqinroq o‘ynash kerakligini, to‘pni yanada ko‘proq harakatlantirish lozimligini aytdim. 

So‘nggi ikki o‘yindagi xatolardan chiqarilgan xulosalar haqida

Bugungi o‘yindan qoniqish hosil qildim. Futbolchilarning mentaliteti, bugungi o‘yinga reaksiyasi meni xursand qildi. Saralashda 6 ta o‘yin bo‘ladi, olinadigan har bir ochko muhim. Bugun birinchi bo‘limdan so‘ng hisobda 0:3, 0:4 bo‘lib ketishi mumkin edi. Lekin futbolchilar harakat qildi, xarakter ko‘rsatdi. 

Nimani o‘zgartirsam bo‘ladi? Futbolchilar klublarida o‘yin amaliyotiga ko‘proq ega bo‘lishini xohlardim. Juda yaxshi futbolchilar, Ashurmatov, Aliqulov, Shomurodovlarni ko‘rishimiz mumkin. Ular o‘z klubida yanada ko‘proq o‘ynasa, hozirgi potensialidan-da yuqori o‘yin ko‘rsata oladi. 

O‘yin uslubida yanada o‘sishimiz kerak. 

Yosh o‘yinchilarga imkoniyat berilmayotgani haqida

Bosqichma-bosqich ularga imkoniyat beriladi. Husanovni ilk daqiqadan maydonga tushirish kerakmi? Abduqodirning potensiali yuqori, lekin u klubida o‘ynamayapti. Terma jamoada bir-ikkita mashg‘ulot o‘tkaziladi. Shuning uchun yoshlarni boshidanoq o‘yinga tushirib yubora olmaymiz. Ularni sekin-sekin o‘yin amaliyoti berib borish rejamizda bor. 

Srechko Katanes, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »