Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli Kuchlari 21-noyabr kechasi Odessa viloyatida Rossiya tomonidan uchirilgan kamyob razvedka dronini urib tushirdi. Mohajer-6 nomli dron Erondan sotib olingan. Bu haqda mamlakat Havo kuchlari qo‘mondonligi o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Wikipedia

Xabarda aytilishicha, dron dengiz ustida urib tushirilgan. “2023-yil 21-noyabr kuni Odessa viloyatida Janub havo qo‘mondonligi havo hujumidan mudofaa kuch va vositalari yordamida Mohajer-6 razvedka droni yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.

Mohajer-6 uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasi zarbalar berish va razvedka ishlari uchun mo‘ljallangan. U boshqariluvchan to‘rtta raketani va 100 kilogrammgacha apparaturani ko‘tara oladi. Dronning parvoz uzoqligi 200 kilometrga yetadi, ishlash davomiyligi — 12 soatgacha. Maksimal parvoz balandligi — 5,4 kilometr.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Erondan bu kabi dronlarning 30 tasini sotib olgan. AQSH mediasi bu haqda 2022-yil sentyabrda yozgandi. O‘shanda birinchi Mohajer-6 Ukraina janubida urib tushirilgan edi.

Rossiya qo‘shinlari 10-noyabr kechasi Ukraina hududiga oltita Shahed-136/131 kamikadezde dronlarini, shuningdek, X-31 va X-59 boshqariluvchan aviatsiya raketalari bilan hujum uyushtirgandi. Uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmalari Krasnodar o‘lkasi, raketalar esa Xerson viloyatining egallab olingan hududidan uchirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »