Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston energotarmog‘ini yaxshilashga bugungi kungacha 14 trillon so‘mga yaqin mablag‘ jalb qilindi. Bu haqda 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining “Hukumat soati”da energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Hukumat soatida deputat Sanjar Hamidullayev Toshkent shahar elektr tarmoqlarini yangilash uchun sarflangan mablag‘ miqdori bilan qiziqdi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlarini yangilash uchun qancha mablag‘ sarf qilindi, bu mablag‘ qayerdan olindi va qachon qaysi manba hisobidan qaytarib beriladi?”, — dedi deputat.

Energetika vaziri hozirgi kunda energetika tarmog‘iga sarflangan mablag‘lar nafaqat Toshkent shahar, respublika bo‘yicha 14 trillion so‘mga yetganini ma’lum qildi. Vazirning qayd etishicha, bu mablag‘lar davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy hokimliklar mablag‘lari va kredit resurslaridan iborat bo‘ldi.

Import uskunalar, kabel, o‘zimizda chiqmaydigan transformatorlarni chetdan olib kelingani inobatga olinib, kredit resurslari olindi. Buni iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli qarorida barcha ko‘rsatkichlari, qanday qaytarish, “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan o‘zining moliyaviy oqimlarida kreditlarni qaytarishi — hammasi inobatga olingan, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Energetika vaziri bu bo‘yicha batafsil ma’lumot kerak bo‘lsa alohida yopiq xatlar bilan keltirib berilishini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »