Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

23-noyabr kuni Iroq va Suriyadagi Amerika qo‘shinlariga raketalar va jangovar dronlar yordamida to‘rt marta hujum uyushtirildi. Qurbonlar va vayronalar yo‘q, deb xabar bermoqda Reuters amerikalik harbiy amaldorga tayanib.

Foto: U.S. Army

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Suriya shimoli-sharqidagi ikkita obyektda joylashgan AQSH va xalqaro kuchlar vakillariga raketalar va dronlar bilan hujum qilingan.

Iroqda esa bir nechta uchuvchisiz uchoqlar Bag‘dod g‘arbidagi Ayn al-Asad aviabazasiga qarata otilgan. Shuningdek, Iroq shimolidagi Erbil aeroporti yaqinida AQSH kuchlari joylashgan baza tomonga dron uchib kelgan.

O‘zini Iroqdagi Islomiy qarshilik deb ataydigan guruh ushbu obyektlarga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Hujumlar AQSH Bag‘dod janubidagi “Hizbulloh” pozitsiyalariga zarba berganidan bir kun o‘tib sodir bo‘ldi: hujumda guruhning sakkiz nafar a’zosi o‘ldirilgani aytilgandi. Iroq hukumati hujumni eskalatsiya va suverenitetning buzilishi sifatida qoraladi.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan keyin qurolli guruhlar AQSH va xalqaro kuchlarni nishonga olishni kuchaytirdi. 23-noyabr holatiga ko‘ra, Iroqda 36 ta, Suriyada 37 ta hujum qayd etilgan. Hujumlarga javoban AQSH Eronga aloqador deb hisoblangan guruhlarga zarba berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »