Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pokiston BRIKSga (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi ittifoqi) qo‘shilish uchun rasmiy so‘rov yubordi. Tegishli qaror Yoxannesburgdagi BRIKS sammiti natijalari tahlili asosida qabul qilindi, dedi Pokiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mumtoz Zahra Baloch brifing chog‘ida.

Foto: Global Look Press
Ha, men Pokiston BRIKSga qo‘shilish uchun rasmiy so‘rov yuborganini tasdiqlay olaman, biz uni rivojlanayotgan mamlakatlarning muhim guruhi deb hisoblaymiz. BRIKSga qo‘shilish orqali Pokiston xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va inklyuziv ko‘p tomonlama munosabatlarni tiklashda muhim rol o‘ynashiga ishonamiz, — dedi Baloch xonim.

TIV vakili Pokiston BRIKSga aʼzo aksariyat davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni saqlab kelayotganini taʼkidladi.

22—24-avgust kunlari JARning Yoxannesburg shahrida BRIKSning 15-sammiti bo‘lib o‘tgandi. Sammitdan keyin Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va BAA BRIKSga taklif qilindi. Ular 2024-yil boshidan assotsiatsiyaning to‘liq a’zosiga aylanadi. Jami 23 davlat tashkilotga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »