Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida prezident tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda ko‘rinish bergan viloyat hokimi Zoir Mirzayev vaqtincha fotograf vazifasini bajarib, hokimlik axborot xizmati mas’ullarining ko‘chat ekishini ham suratga oldi. 

Xodimini suratga olayotgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev.
Foto: “Daryo”
Xodimini suratga olayotgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev.
Foto: “Daryo”

Viloyatda davom etgan “Yashil makon”ning navbatdagi manzili Nurafshon shahrida joylashgan Nurafshon Business City hududi bo‘ldi. 

Foto: Nozim Abdulla
Ko‘chat ekayotgan shoir Botir Ergashev.
Foto: Nozim Abdulla

Tadbir avvalida jonliq so‘yilib, yurt obodligi, viloyat farovonligi yo‘lida qur’on tilovat qilindi. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev boshchiligida, boshqarma va tashkilot rahbarlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari daraxt ekish jarayonlarida faol qatnashdi.

Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla

Ta’kidlanishicha, Nurafshon shahridagi bog‘ hududida 25 gektar bo‘sh yer maydoni mavjud bo‘lib, hozirga qadar bu yerda 6780 ta manzarali daraxt ko‘chati o‘tqazilgan. Yaqin yillar ichida yana 20 ming ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla
Bugungi ko‘chat o‘tqazish ishlarida dub, katalpa, yasin, oq qayin, lola daraxti, qirim qarag‘ay, chinor kabi 328 ta manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Madaniyat sohasi xodimlari tomonidan jonli ijrodagi kuy va qo‘shiqlar jarayondagi katta-yu kichikka ko‘tarinki kayfiyat ulashdi, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulov. 
Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla
Foto: Nozim Abdulla

Viloyat rahbari Zoir Mirzayevning jurnalistlarga ma’lumot berishicha, viloyatda barcha soha xodimlari — jurnalistlar, IIB xodimlari, prokuratura, qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun maxsus bog‘lar tashkil etilgan bo‘lib, barcha kasb egalari ko‘chat ekish ishlarida faollik ko‘rsatmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »