Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya sanoat kompaniyalari yaqin 10 yil ichida bir qancha mutaxassislar yetishmasligiga duch keladi va bu masalani hal qilish uchun tegishli malakaga ega xorijliklarni jalb qilish kerak bo‘ladi.

Bu haqda Fransiya sanoati bo‘yicha mas’ul vazir Rolan Leskur ma’lum qildi.

“Sanoat yaqin 10 yilda 1,3 millionga yaqin ish o‘rni yaratadi. Biz, albatta, migrantlarga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz”, — dedi u.

Foto: Google Images

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda mamlakatda metall konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchi payvandchi va mutaxassislar yetishmovchiligi kuzatiladi.

“Agar biz 10 yil ichida 800-900 ming nafar yoshlarni tayyorlashga muvaffaq bo‘lsak, bu ajoyib natija bo‘ladi, biroq ayni paytda 100-200 ming kishilik kamomad bo‘ladi, uni boshqa joylardan kelgan ishchilar bilan to‘ldirish kerak bo‘ladi”, — dedi Leskur.

Vazir ta’kidlaganidek, Fransiya Yevropadan ham, xorijdan ham mutaxassislar izlashi kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »