Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya sudi Suriya prezidenti Bashar al-Asadni 2013-yil kimyoviy qurol ishlatganida ayblab, hibsga olishga order berdi. Bu haqda manbalarga tayanib, AFP xabar berdi.

Foto: AFP

 

Ma’lum qilinishicha, kimyoviy qurol qo‘llangani bo‘yicha jami to‘rt kishini hibsga olish uchun order berilgan. Suriya yetakchisidan tashqari uning ukasi Suriya gvardiyasi (Suriya hukumatini himoya qilish uchun mo‘ljallangan elita harbiy tuzilmasi) qo‘mondoni Maher Asad, shuningdek, yana ikki nafar generalga ham ayblov qo‘yilgan.

Ularning to‘rt nafari ham insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlariga sheriklikda ayblangan. Damashq hozircha Asadni hibsga olish orderiga izoh bermagan. 

Da’vo Suriyada 2013-yil avgustda kimyoviy qurol qo‘llangani bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Shu bilan birga, 2013-yilda Asad mamlakatda kimyoviy qurolni taqiqlovchi xalqaro konvensiyani imzolagan.

Kimyoviy qurol qo‘llangani oqibatida Duma shahrida 1700 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Mamlakat rasmiylari ham, muxolifat ham qurol ishlatishda ayblangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »