Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Daryo” nashriga bergan intervyusida joriy yilgi qish mavsumida benzin va metan gazi yetarli bo‘ladimi, degan savolga javob berdi.

Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, hozirgi kunda siqilgan gaz, yaʼni metan yetkazib berish bo‘yicha biron bir cheklov o‘rnatilmagan.

“Balans doirasida kunlik 15 million kubometrgacha respublika bo‘yicha zapravkalarga gaz yetkazib bermoqdamiz. Rejamizda cheklov kiritish yo‘q, lekin anomal sovuq kelsa, quvurlardagi bosim, albatta, tushadi. Biz chora ko‘rishimiz kerak.

Qo‘shimcha zaxiralar ishga olingan taqdirda ham barbir o‘sha isteʼmolni bosimlarini inobatga olib, aholi, ijtimoiy obyektlar, issiqlik markazlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash birinchi masala. Shuni taʼminlash maqsadida metan zapravkalarga qandaydir bir grafik, qandaydir bir gazni yetkazib berishni qisqartirish yoki ishlash rejimini muvofiqlashtirish orqali faoliyatini tashkil qilamiz.

Agarda buni qisqartirsak, qo‘shimcha benzinga bo‘lgan ehtiyojni taʼminlash uchun choralar ko‘rilyapti. O‘zimizda ishlab chiqarishni ko‘paytirib, ichki bozorga yetkazib berish birinchi asosiy vazifamizdir. Buning uchun ichki va tashqi resurslardan xomashyo olib kelish rejalashtirilgan”, — dedi vazir.

Uning alohida taʼkidlashicha, qo‘shimcha benzinni import qilib olib kelish boshlab yuborilgan.

“Hozirgi kunda Rossiyadan birinchi partiya benzin yetib keldi. Birja orqali realizatsiya qilishni boshladik. Rejaga asosan noyabrning oxirigacha 15 ming tonna dastlabki partiyasi kelsa, dekabrning oyida yana 40 ming tonna olib kelinadi. Buni xususiy biznes olib kelyapti. Biz faqatgina ko‘maklashdik. Buni hukumatlararo kelishib, hamma masalalarda amaliy yordam bergan holda Rossiya kompaniyalaridan olib kelib, ichki bozorga yetkazilyapti.

Biz markazlashtirilgan holda olib kelib yetkazib beradigan benzindan tashqari metan zapravkalarda qandaydir taqchillik kuzatilsa, o‘sha hajmga teng ravishda benzinni qo‘shimcha ravishda bozorga isteʼmol uchun chiqaramiz”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Avvarloq Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkent shahrida tarixda birinchi marta yuqori kuchlanishli kabel yer ostidan olib o‘tilganini aytib o‘tgan edi.

Mavzuga doir
Izoh

Voxid Malikov

26.11.2023, 11:12

Salom hozirgi kunda cheklov yo‘q metan zaprafkalarda deyabti lekin forish tumanida 5 kundan beri cheklab qo‘yganku

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »