Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS va Isroil vaqtinchalik sulhni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb yozdi The Wall Street Journal Misr va Qatar rasmiylariga tayanib.

Foto: Reuters

Nashr eslatishicha, har ikki tomon ham kelishuv muddatini uzaytirish istagini oshkora bayon qilgan, unga ko‘ra, HAMAS Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik asir evaziga garovga olingan 50 nafar isroillikni ozod qilishga va’da bergan.

WSJ xabariga ko‘ra, hozir tomonlar kelishuvni yana to‘rt kun yoki undan kamroq muddatga uzaytirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Nashr manbalari ushbu kelishuv doirasida HAMAS kamida 20 nafar ayol va bolalarni garovdan qo‘yib yuborishi mumkin. Shu bilan birga, Misr rasmiylarining aniqlik kiritishicha, barcha ayollar va bolalar ozod etilganidan so‘ng, birinchi o‘rinda yoshi katta erkaklarga, keyin esa o‘lganlarning jasadlari ozod etilishiga e’tibor beriladi, chunki HAMAS isroillik yosh yigitlarni ozod qilish imkoniyatini hozircha rad etib kelmoqda.

AQSH prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvning uzaytirilishi hozirda HAMASga bog‘liq bo‘lib turibdi, chunki Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘z sharti — sulhning har bir qo‘shimcha kuni uchun o‘n nafar asir ozod qilinishi kerakligini allaqachon e’lon qilgan. Shu bilan birga, guruh hozircha ozod etishga tayyor bo‘lganlar ro‘yxatini taqdim etmadi, deya aniqlik kiritdi WSJ manbalari.

24-noyabrdan beri HAMAS to‘rt kunlik sulh doirasida garovga olinganlarning uch guruhini ozod qildi. Hammasi bo‘lib, bitim davomida 39 nafar isroillik va 19 nafar xorijlik ozod qilindi. O‘z navbatida Isroil 117 nafar falastinlik mahbusni ozod etdi.

7-oktyabr kuni Isroilga hujum qilgan HAMAS jami 240 ga yaqin odamni asirga olgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »