Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

7-oktyabrdagi HAMAS harakatining Isroilga uyushtirgan hujumida yaqinlarini yo‘qotgan yoki qarindoshlari HAMAS tomonidan garovga olingan bir guruh oilalar juma kuni Knesset (parlament) oldida yig‘ilib, bosh vazir Binyamin Netanyaxuning lavozimidan chetlatilishini talab qilishdi. Bu haqida Jerusalem Post nashri xabar qildi.

Nashr namoyishni uyushtirgan guruh bayonotidan parcha taqdim etdi. Unda aytilishicha, oilalar 16 kundan beri har kuni Knesset oldida yig‘ilishmoqda, chunki ular “hukumat o‘z obro‘sini himoya qilish uchun hammani xavf ostiga qo‘yayotgan paytda” uyda sabr qilib kutib o‘tirishni istashmayapti.

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, ertaga 25-noyabr shanba oqshomida bir qator norozilik guruhlari Quddusning Aza ko‘chasida Netanyaxuning iste’fosini talab qilib, namoyish o‘tkazish niyatida.

Avvalroq Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid bosh vazir Binyamin Netanyaxuni almashtirish vaqti kelganini aytgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »